Exness’da indekslar savdosi: shartlar, vositalar va strategiyalar tushuntiriladi

trading-indices-cover-exness.png

Bitta savdo. O‘nlab kompaniyalar. Bu indeks CFD’larining jozibasi.

Indekslar bozorlarni yaxlit holda kuzatadi, ularda savdo qilish esa birorta ham aksiyani sotib olmasdan turib bozorning keng ko‘lamli harakatlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Exness’da indekslar savdosi haqida — biz taklif qiladigan shartlar va imkoniyatlardan tortib, treyderlar amalda indekslarga qanday yondashishigacha — bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy jihatlar shu yerda.

Exness’da savdo qilishingiz mumkin bo‘lgan indekslar

Exness’da AQSh, Yevropa va Osiyodagi yirik bozorlarga tegishli global indeks CFDlarining keng diapazonida savdo qilishingiz mumkin.

Platformalarimizda har bir indeks o‘z savdo belgisi bilan ko‘rsatiladi. Masalan, Dow Jones US30 sifatida, S&P 500 esa US500 sifatida taqdim etiladi.

Eng ko‘p savdo qilinadigan indekslardan ba’zilari:

US30 (Dow Jones)

Moliya, texnologiya va sog‘liqni saqlash kabi asosiy tarmoqlar bo‘yicha AQShning kapitallashuvi yuqori 30 ta yirik blue-chip kompaniyasini kuzatadi.

USTEC (Nasdaq 100 indeksi)

Nasdaq’da ro‘yxatga olingan nomoliyaviy eng yirik 100 ta kompaniyani kuzatadi va texnologiya sektoriga katta e’tibor qaratadi.

US500 (S&P 500)

AQSh aksiya birjalarida ro‘yxatga olingan eng yirik 500 ta kompaniyaning dinamikasini o‘lchaydi.

HK50 (Hang Seng)

Gonkongda birkada ro‘yxatga olingan eng yirik 50 ta kompaniyani qamrab oladi va mintaqaning iqtisodiy salomatligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.

UK100 (FTSE 100 indeksi)

London aksiya birjasida bozor qiymati bo‘yicha eng yirik 100 ta kompaniyani ifodalaydi.

JP225 (Nikkei)

Tokio aksiya birjasida Yaponiya'ning 225 ta yetakchi blue-chip kompaniyasini kuzatadi; yen kursi harakati va Yaponiya banki siyosati bilan yaqin bog‘liq.

Mavjud indekslarning to‘liq ro‘yxati va ularning tafsilotlarini indekslar sahifamizda ko‘rishingiz mumkin.

Exness’da indekslar savdosining afzalliklari

Indekslar savdosi faqat nimada savdo qilishni tanlash bilangina cheklanmaydi. Orderlaringiz qanday ijro etilishi va ularga tegishli shartlar ham xuddi shunchalik muhim.

Tez va ishonchli ijro

Yirik yangiliklar paytida yoki sessiyalar ochilganda bozorlar tez harakatlanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda xohlagan narxni qo‘lga kiritish uchun tezlik hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Aniq ijromiz1 bilan savdongiz hajmidan qat’i nazar, indekslar bo‘yicha pozitsiyalaringizni real vaqt rejimida ochishingiz, o‘zgartirishingiz va yopishingiz mumkin.

Raqobatbardosh spredlar

Spredlar savdo xarajatlaringizga bevosita ta’sir qiladi, spredlarning past va barqaror bo‘lishi esa umumiy daromadingizda muhim rol o‘ynaydi.

Exnessda AQSh indekslari bo‘yicha spredlarimizni 82%2ga qisqartirdik, bu esa xarajatlarda yanada ko‘proq tejashingizga yordam beradi. Shuningdek, US30 bo‘yicha eng barqaror spredlarni ham taklif qilamiz.3

Pozitsiya ochishdan oldin xarajatlaringizni taxminan hisoblash uchun savdo kalkulyatoridan foydalanishingiz mumkin — bu kirish va chiqish punktlarini rejalashtirishni osonlashtiradi.

Trading calculator_UZ.png

Ichki risklarni boshqarish

Har bir savdo kutilgandek yakunlanavermaydi, pasayish xavfini boshqarish esa savdoning muhim qismidir.

Stop Out Protection kabi funksiyalar, ayniqsa bozor o‘ta o‘zgaruvchan bo‘lganda, stop outlarni kechiktirishga yoki ularning oldini olishga yordam beradi; Negative Balance Protection esa yo‘qotishlar hisobingizdagi balansdan oshib ketishining oldini oladi.

Ushbu afzalliklar savdoning turli uslublari va tajriba darajalariga moslab yaratilgan barcha hisob turlarimizda mavjud.

Exnessda indekslar bilan savdo qilish uchun hisob turlari

Standard, Pro, Zero va Raw Spread hisob turlarimizda indeks CFDlari bilan savdo qilishingiz mumkin. Endi boshlayotgan bo‘lsangiz ham, indekslar bilan savdo qiladigan tajribali treyder bo‘lsangiz ham, ehtiyojlaringizga mos hisob turi bizda bor.

Standard

Eng ommabop hisobimiz — past spredlar va komissiyasiz. Standard vaqti-vaqti bilan indekslar bo‘yicha savdo qiladigan yoki strategiyasini hali takomillashtirib borayotganlar uchun mos.

Pro

Komissiyasiz va Standardga qaraganda yanada past spredlarga ega tezkor ijro hisobimiz — yaxshiroq sharoit izlayotgan indeks treyderlari uchun keyingi bosqich.

Zero

Nomi kabi, Zero kunning 95% qismida 30 ta ommabop instrument bo‘yicha nol spredlarni taqdim etadi4, va  ijro aniqligi hamda spred xarajatlari ustuvor bo‘lgan treyderlar uchun mo‘ljallangan.

Raw Spread

Past va barqaror spredlar, shuningdek aksariyat instrumentlarda har bir lot uchun har bir tomon bo‘yicha 3.50 USD gacha belgilangan komissiya bilan bu bozor ijrosiga ega hisob spred hajmi natijalarga bevosita ta’sir qiladigan faol indeks treyderlari uchun ayni muddao.

O‘zingizga mos hisobni tanlab olganingizdan so‘ng, keyingi qadam — afzal ko‘rgan indekslaringiz qachon savdo qilish uchun mavjud bo‘lishini bilish'dir.

ins-cta-indices-trading.png

Dunyoning yetakchi indekslariga kirish

Juda tez ijro va past hamda barqaror spredlar* bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya va Yaponiya bozorlaridagi yetakchi aksiya indekslarida savdo qiling.

Bepul demo hisobni sinab ko‘ring
*

Spredlar bozor volatilligi, yangiliklar e’lonlari, iqtisodiy voqealar, bozorlarning ochilishi yoki yopilishi, shuningdek savdo qilinayotgan instrument turi kabi omillar ta’sirida o‘zgarishi va kengayishi mumkin.

Indekslar uchun savdo soatlari

Har bir indeks CFD o‘z joylashuviga tegishli savdo soatlariga amal qiladi, ya’ni uning mavjudligi bozor qayerda ishlashiga bog‘liq.

Exness’da DST davrida indekslar bo‘yicha savdo soatlari quyidagicha:

  • US30, US500, USTEC va JP225: Nyu-York bozoriga mos. Savdo yakshanba 22:05 dan juma 20:55 gacha (DST) davom etadi.
  • UK100, FR40 va DE30: Yevropa bozorlariga mos. Yakshanba 22:30 da ochiladi va juma 20:00 da yopiladi (DST).
  • HK50: Yakshanba 22:59:59 dan juma 20:00 gacha (DST) ochiq bo‘ladi, kun davomida bir nechta tanaffuslar mavjud.
Trading hour.png

Bayram kunlaridagi ish vaqti hamda kundalik tanaffuslarni ham o‘z ichiga olgan eng yangilangan jadval uchun Yordam markazini ko‘rishingiz mumkin.

Indekslar bilan savdo qilish uchun umumiy strategiyalar

Turli treyderlar indeks CFD’lari bilan turlicha usulda savdo qilishadi.

Skalping

Agar tezkor savdoni afzal ko‘rsangiz, skalping pozitsiyalarni tez ochib-yopish orqali narxdagi kichik harakatlardan foyda olish imkonini beradi.

Yorib o‘tish savdosi

Indekslar ko‘pincha kuchliroq harakatdan oldin ma’lum bir diapazon ichida harakatlanadi. Yorib o‘tish savdosida siz narxning tayanch yoki qarshilik kabi muhim darajalardan o‘tib ketishini kuzatasiz va bu harakat tasdiqlangach, kirishni rejalashtirasiz. Maqsad — juda erta shoshilmasdan, harakatni imkon qadar boshida ushlash.

Trend bo‘yicha savdo

Agar bozorga qarshi emas, balki bozor bilan birga savdo qilishni afzal ko‘rsangiz, trend bo‘yicha savdo indeks CFD-lari uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan yondashuvlardan biridir. Bozor yo‘nalishini aniqlash uchun sirg‘anuvchi o‘rtacha qiymat kabi vositalardan foydalanasiz, so‘ng kirish punktlari sifatida qisqa muddatli qaytishlarni izlaysiz. Momentum saqlanib turgan ekan, siz savdoda qolaverasiz.

Diapazon ichida savdo

Bozor yonlama harakat qilayotganda, narx tayanch va qarshilik darajalari orasida qayta-qayta sakrashini ko‘rishingiz mumkin. Diapazon ichida savdo aynan shu zonalarga e’tibor qaratadi: kirishlar odatda pastki chegara yaqinida, chiqishlar esa yuqori chegara yaqinida bo‘ladi.

Yangiliklarga asoslangan savdo

Nofarm payrolls (NFP), inflyatsiya ma’lumotlari yoki markaziy bank qarorlari kabi muhim iqtisodiy e’lonlar indekslarni keskin harakatlantirishi mumkin. Natijani oldindan bashorat qilish o‘rniga, dastlabki volatillik bosilishini kutasiz, so‘ng harakat yo‘nalishida davom etish yoki qaytish ssenariylarini izlaysiz.

Agar yanada chuqurroq tahlil kerak bo‘lsa, indekslar savdo strategiyalari bo‘yicha ushbu qo‘llanma har bir yondashuvni turli bozor sharoitlariga qanday moslashtirishni tushuntiradi.

Trading-indices-Exness-cover-UZ.png

Exness’da indekslar bilan savdoni qanday boshlash mumkin

Boshlash oson — buni bosqichma-bosqich qilishingiz mumkin.

1. Demo hisobni sinab ko‘ring

Xavf-xatarsiz mashq qilish uchun demo savdo hisobidan boshlang.

2. Hisobingizni sozlang

Real savdoga tayyor bo‘lgach, hisob turini tanlang va uni mablag‘ bilan to‘ldiring. 

3. Platformangizni tanlang

O‘zingizga qulayiga qarab MetaTrader 4, MetaTrader 5, Exness Terminal yoki Exness Trade ilovasi orqali savdo qiling.

4. Savdongizni rejalashtiring

Savdo qilmoqchi bo‘lgan indeks CFD-ni tanlang va strategiyangizni belgilang. Bozorga kirishdan oldin tayyorgarlik ko‘rish uchun savdo kalkulyatori va tahliliy vositalardan foydalaning.

Ko‘p beriladigan savollar

1. Exness’da S&P 500 bormi?

Ha. S&P 500 AQSh aksiya birjasida ro‘yxatga olingan eng yirik 500 ta kompaniyani qamrab oladi va US500 belgisi ostida CFD sifatida mavjud.

2. Exness’da Nasdaq 100 bilan CFD sifatida savdo qila olamanmi?

Ha, ammo Exness’da Nasdaq 100 indeksi USTEC belgisi ostida savdo qilinadi.

3. Exness’da indeks CFDlari uchun kredit yelkasi qancha?

Indeks CFDlari uchun kredit yelkasi instrumentga, hisob turi va mintaqaga bog‘liq. US30, US500 va USTEC uchun kredit yelkasi 1:400 etib belgilangan, boshqa indekslarda esa kredit yelkasi 1:200. Aniq kredit yelkani savdo platformangizda yoki instrument spetsifikatsiyalarida tekshirishingiz mumkin.

4. Exness’da savdo qilish uchun eng yaxshi beshta indeks CFD qaysilar?

Eng ko‘p savdo qilinadigan indeks CFDlar qatoriga US30 (Dow Jones), US500 (S&P 500), USTEC (Nasdaq 100), UK100 (FTSE 100) va HK50 (Hang Seng) kiradi.

Exness afzalliklari bilan savdo qiling

Bu investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tgan natijalar kelajakdagi daromadlarning kafolati emas. Kapitalingiz xavf ostida, iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.


  1. «Eng aniq ijro» haqidagi da’volar Exness Standard hisobida XAUUSD, USOIL va BTC CFDlari bo‘yicha 2024-yil sentyabridan 2025-yil iyuligacha to‘plangan ma’lumotlar asosida kutilayotgan orderlardagi o‘rtacha sirpanish ko‘rsatkichlariga taalluqlidir hamda to‘rtta boshqa broker taklif qiladigan shunga o‘xshash hisoblar bilan solishtirilgan. Kechikishlar va sirpanish yuz berishi mumkin. Ijro tezligi yoki aniqligi kafolatlanmaydi.
  2. Spredlar bozor volatilligi va likvidlik kabi omillar, yangiliklar e’loni, iqtisodiy voqealar, bozorlar ochilishi yoki yopilishi, shuningdek savdo qilinayotgan instrumentlar ta’sirida tebranib turishi va kengayishi mumkin. US30 bo‘yicha eng barqaror spred haqidagi da’vo 2024-yil 13–26-oktabr kunlari to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa brokerlarning komissiyasiz hisoblaridagi maksimal spredlar bilan solishtirilganda, Exness Pro hisobidagi US30 uchun eng past maksimal spredlarni anglatadi.
  3. 82% spred qisqarishi Pro hisoblaridagi o‘rtacha spredlarga taalluqli bo‘lib, 2024-yil sentyabridagi oxirgi to‘liq savdo haftasi 2025-yil avgustidagi oxirgi to‘liq savdo haftasi bilan taqqoslangan.
  4. Yuqori volatillik paytida top 30 ta instrument bo‘yicha spredlar 0 dan yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.

Tegishli maqolalar


Barcha maqolalarga qaytish