Bepul VPS
Bepul Virtual Xususiy Server (VPS) bilan tezkor va xavfsiz treydingni kafolatlang.
VPS nima?
VPS Virtual Xususiy Server degan ma'noni anglatadi. Bu serverlar Exness MT serverlari yonida strategik joylashtirilgan bo‘lib, dunyoning istalgan joyida tez va xavfsiz savdo muhitini ta’minlaydi. VPS serverlari sizning shaxsiy kompyuteringiz yoki internet aloqangizning cheklovlaridan ta’sirlanmagan holda avtomatlashtirilgan savdo strategiyalarini ishga tushirish imkonini beradi.
Tezlik
VPS serverlari Exness savdo serverlariga yaqin joylashgan bo'lib, tez va ishonchli ijro etilishini ta'minlaydi.
Barqarorlik
VPS'da Ekspert Maslahatchini ishga tushirish, sizning internet aloqangiz sifati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, EM'ning ijrosi uzluksiz bo‘lishini ta’minlaydi.
24 soat mobaynida treyding
Kompyuteringiz o‘chirilgan bo‘lsa ham, Ekspert Maslahatchilar yordamida moliyaviy bozorlarda savdo qiling.
Mobillik va ko'chish imkoniyati
Hech qanday dasturiy ta'minotni o'rnatmasdan, dunyoning istalgan joyidan hisobingizga kirib, moliyaviy bozorlarda savdo qiling. VPS har qanday operatsion tizimda mavjud.
VPS'ning texnik xususiyatlari
Operatsion tizim
Windows Server 2019 64 bit
Protsessor
2 yadroli protsessor
Tezkor xotira
2 GB
Disk maydoni
50 GB
Parol
Ishonchli va noyob parol
VPS hosting uchun ariza qoldiring
Endi Shaxsiy Kabinetingiz orqali bepul VPS uchun ariza qoldirishingiz mumkin. Ariza qoldirish jarayoni va talablari haqida batafsil ma'lumotni Yordam Markazimizda o‘rganing.
Savdo qilish usulingizni yangilang
Nima uchun Exness 1,000,000 dan ortiq treyderlar va 100,000 hamkorlar tanlagan broker ekanligini o'zingiz ko'ring.